Farg‘ona shahrida IIB va DXX xodimlari uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador 35 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazdi. Ularning 19 nafaridan narkotik moddalar va sovuq qurollar topildi.
Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida gaz quvuridan uzilgan zavod xodimlari norozilik uyushtirdi. Viloyat IIB tashkilot shartnomaga ko‘ra gazdan uzilganini ma’lum qildi. «O‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi noroziliklarni uyushtirgan» xodimlarga 5−10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.
Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida ayol uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi ariqdan topildi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting